Voronka va bitimlar
Bosqichlarni o‘zingiz sozlaysiz, bitimlarni sudrab ko‘chirasiz. Bir nechta voronka yuritish mumkin.
Har bir qo‘ng‘iroq mijoz kartasiga tushadi, kerak bo‘lsa bitim o‘zi ochiladi. Voronka, vazifalar, SMS-triggerlar va jamoa ishi — CallHub24 bilan bitta kabinetda.
Har bir operator uchun oyiga 60 000 so‘mdan

CallHub CRM
Bosqichlarni o‘zingiz sozlaysiz, bitimlarni sudrab ko‘chirasiz. Bir nechta voronka yuritish mumkin.
Yangi raqamdan qo‘ng‘iroq kelsa, kontakt va bitim avtomatik yaratiladi. Suhbat yozuvi bitim tarixida turadi.
Qayta qo‘ng‘iroq, uchrashuv va boshqa ishlar muddati bilan. Muddati o‘tganlar alohida ko‘rinadi.
Bitim bosqichi o‘zgarganda mijozga avtomatik SMS: tasdiq, eslatma yoki havola.
Har bir xodim nimani ko‘rishi va o‘zgartirishini belgilaysiz. Jamoa ichki chati bor.
Savdo voronkasi, xodimlar natijasi va qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha hisobotlar.
Qo‘ng‘iroqlar va ularning yozuvlari, SMS, vazifalar, izohlar va bosqich o‘zgarishlari — bitim ochilgan kundan boshlab. Menejer almashsa ham hech narsa yo‘qolmaydi.

Facebook Lead Ads arizasi, Telegram yoki Instagram’dagi yozishma bitimga aylanadi va kerakli bosqichga tushadi. Sozlangan ssenariy mijozga tasdiq SMS’ini yuboradi.

Ulanishdan oldin
CallHub24
Mijozlar bilan necha kishi ishlashini ayting. CallHub24’ni ko‘rsatamiz va mos tarifni tanlashga yordam beramiz.