CallHub24

Xodimlar davomati: yuz orqali keldi-ketdi

Xodim ishga kelganda va ketayotganda o‘z telefoni kamerasi bilan belgilaydi. CallHub24 yuzni taniydi, ofis joylashuvini tekshiradi va ish jadvaliga qarab kechikishlarni o‘zi hisoblaydi.

Har bir operator uchun oyiga 60 000 so‘mdan

Xodimlar davomati — CallHub24

Yuz orqali davomat

Ish vaqti nazorati — qo‘lda jurnal va turniketsiz

Yuz orqali belgilash

Xodim kamera oldida tasodifiy harakat qiladi (ko‘z qisish, bosh burish) — rasm yoki boshqa odam o‘rniga belgilashning oldi olinadi.

Ofis joylashuvi

Belgilash faqat ofis radiusida qabul qilinadi. Uydan yoki yo‘ldan «keldim» deb bo‘lmaydi.

Kechikish va erta ketish

Ish jadvali bo‘yicha har kuni: kim necha daqiqa kechikdi, kim erta ketdi, kim ketishni belgilamadi.

Davomat va intizom foizi

Davr bo‘yicha xulosa: davomat %, o‘z vaqtida kelish %, ishlangan va rejadagi soatlar, dam olish kunida ishlash.

Shubhali holat — tasdiqqa

Tizim ishonch hosil qilmasa, belgilash rahbar tasdig‘iga tushadi. Rasm faqat shu holatlar uchun saqlanadi.

Excel hisobot

Kunlik kalendar va xodimlar reytingi kabinetda, hisobot bir bosishda Excel’ga.

Ilova va uskuna kerak emas

Har bir xodim shaxsiy havola oladi va uni telefon brauzerida ochadi. Turniket, terminal yoki barmoq izi skaneri sotib olish shart emas.

Ilova va uskuna kerak emas

Bir qarashda butun jamoa

Kabinetda bugun kim kelgan, kim kechikkan va kim hali ishda — ko‘rinib turadi. Davr hisobotida har bir xodimning o‘rtacha kelish vaqti va intizomi.

Bir qarashda butun jamoa

Ulanishdan oldin

Muhim savollarga aniq javoblar.

Xodim boshqa odam o‘rniga belgilay oladimi?
Tizim yuzni ro‘yxatga olingan yuz bilan solishtiradi va jonlilikni tekshiradi (ko‘z qisish, bosh burish). Shubhali holatlar rahbar tasdig‘iga tushadi.
Ofisdan tashqarida belgilash mumkinmi?
Yo‘q. Belgilash faqat sozlangan ofis radiusi ichida qabul qilinadi.
Telefonga ilova o‘rnatish kerakmi?
Yo‘q. Xodim shaxsiy havolani telefon brauzerida ochadi va kamera orqali belgilaydi.
Qanday hisobotlar bor?
Kunlik kalendar, davomat va o‘z vaqtida kelish foizi, kechikish va erta ketish daqiqalari, ishlangan va rejadagi vaqt, xodimlar reytingi. Hammasi Excel’ga yuklanadi.
Qaysi tarifda bor?
Davomat Asosiy va Professional tariflarida mavjud.

Har bir qo‘ng‘iroqni nazorat qiling.

Mijozlar bilan necha kishi ishlashini ayting. CallHub24’ni ko‘rsatamiz va mos tarifni tanlashga yordam beramiz.