CallHub24

Menejerlar ishini raqamlarda ko‘ring

Kim nechta qo‘ng‘iroq qildi, qancha gaplashdi, kimga qayta qo‘ng‘iroq qilinmadi va mijozga nima deyildi — CallHub24 har kuni ko‘rsatadi. Excel’da qo‘lda hisob yuritish shart emas.

Har bir operator uchun oyiga 60 000 so‘mdan

Menejerlar nazorati — CallHub24

Savdo bo‘limi nazorati

Savdo bo‘limini boshqarish uchun hamma narsa

Har bir xodim bo‘yicha

Qo‘ng‘iroqlar soni, kiruvchi va chiquvchi, gaplashish vaqti, javobsizlar — xodimlar reytingi bilan.

Qayta qo‘ng‘iroq nazorati

Javobsiz qolgan va hali qayta qo‘ng‘iroq qilinmagan mijozlar alohida ro‘yxatda — kim mas’ul ekani bilan.

Suhbatlarni tinglash

Har bir suhbat yozib olinadi. Murakkab mijoz bilan nima bo‘lganini o‘zingiz eshitasiz.

Sifat nazoratchisiga havola

Login va parolsiz «ko‘rish havolasi» — faqat qo‘ng‘iroqlar ro‘yxati va yozuvlar, boshqa hech narsa.

Telegram’ga hisobot

Har kuni va har hafta asosiy raqamlar Telegram’ingizga o‘zi keladi — kabinetga kirmasangiz ham.

Davomat bilan birga

Xodim ishga nechida keldi va ketdi — qo‘ng‘iroqlar statistikasi bilan bir joyda.

Eng band soatlar va yo‘qotishlar

Biznes analitikada qaysi soatlarda qo‘ng‘iroq ko‘p, qayerda javobsiz qolmoqda va qaysi xodim eng samarali — grafiklarda.

Eng band soatlar va yo‘qotishlar

Boshqaruv paneli — har kuni ertalab

Bugungi qo‘ng‘iroqlar, javobsizlar va qayta qo‘ng‘iroq qilinmaganlar bir qarashda. Kim bilan nima qilish kerakligi darhol ko‘rinadi.

Boshqaruv paneli — har kuni ertalab

Ulanishdan oldin

Muhim savollarga aniq javoblar.

Menejer qo‘ng‘iroqni yashira oladimi?
Qo‘ng‘iroqlar xodim telefonidagi CallHub24 ilovasi orqali avtomatik qayd etiladi va kabinetga yuboriladi.
Yozuvlarni boshqa odamga ko‘rsatsa bo‘ladimi?
Ha, parolsiz ko‘rish havolasi orqali — u faqat qo‘ng‘iroqlar va yozuvlarni ko‘radi.
Hisobotni Excel’ga olsa bo‘ladimi?
Ha, qo‘ng‘iroqlar ro‘yxati va hisobotlar Excel’ga yuklanadi.
Narxi qancha?
Asosiy tarif — 1 xodim uchun oyiga 60 000 so‘m, birinchi 7 kun bepul.

Har bir qo‘ng‘iroqni nazorat qiling.

Mijozlar bilan necha kishi ishlashini ayting. CallHub24’ni ko‘rsatamiz va mos tarifni tanlashga yordam beramiz.